Меню сайта
Категории раздела
Qiziqarli [33]
Futbol Yangiliklari [11]
Shou- Biznes [19]
Tanishuvlar [1]
Foto prikol [1]
Sms Sherlar , Xazillar [2]
Eng yangi MP3 [1]
Talab va takliflar [1]
Мини-чат
Статистика
Главная » 2009 » Dekabr » 19 » Kelin tanlash va To'y Sirlari
22:00
Kelin tanlash va To'y Sirlari

Kelin tanlash va To'y sirlari.

" Durrul Muxtor” nomli fiqh kitobining "Nikoh fasli” shu satrlar bilan boshlanadi: " Odamzot uchun nikoh va iymondan boshqa hatto jannatda ham davom etadigan ibodat yo’q. Oila shunday saodatmand bir bog’ki, hatto jannatda ham davom etadi. Bir-birlaridan mamnun bo’lgan umr yo’ldoshlarning hayoti esa o’lim bilan ham tugamaydi”.
O’zimizga umr yo’ldoshi tanlar ekanmiz, bir yostiqda keksayishgina emas, balki jannatda ham birga bo’lish orzusida yo’lga chiqishimiz kerak.
Nasl-nasabning qanday davom etishi, farzandlarning ta’lim- tarbiyasi, axloq-odobi, sog’lik-salomatligi, hatto qarindosh-urug’, aka-singil va do’st-birodarlar bilan bo’ladigan aloqa, yaqinlik, bordi-keldining risoladagidek saqlanib qolishi ham bevosita bo’lajak umr yo’ldoshiga bog’liq.
Ota-bobolarimiz kelinning aslu naslida, hatto qarindosh-urug’larida mavjud bo’lgan iqtidor, qiziqish, xulq, qiyofa, fe’l-atvor va boshqa o’ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar bo’lajak farzandlarga irsiyat orqali o’tishi, ta’sir ko’rsatishi mumkinligi uchun etti ajdodini, qarindosh-urug’ini so’rab-surishtirib, ma’qul topsalar, keyin sovchi qo’yganlar.
Biroq bugungi kunda bunday qadriyatlar o’rnini birovning boyligi, obro’si, amali uchun quad bo’lish, boshlig’ining beodob va nomunosib qizini kelin qilish, qizning chiroyiga uchib uylanish yoki kasbiga, hunariga qarab kelin tanlash kabi bema’ni odatlar egallamoqdaki, bu hol har bir kishini tashvishlantirishi shubhasiz.
Avvalo Alloh taolo Qur’oni karimda uylanish haqida bergan ko’rsatmasini keltirib o’taylik. "To iymonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmangiz! Shubhasiz, ozod mushrika ayoldan _ garchi u sizga yoqsa-da, _ iymonli cho’ri yaxshidir. To iymonga kelmagunlaricha mushrik erlarni (qizlaringizga) uylamangiz! Shubhasiz, ozod mushrikdan _ garchi u sizga yoqsa-da _ mo’min qul yaxshiroqdir. Ular (mushriklar) do’zaxga chaqiradilar. Alloh O’z izni-irodasi bilan jannatga da’vat qiladi. Va odamlar eslatma olishlari uchun o’z oyatlarini bayon qiladi”. ("Baqara” surasi, 221-oyat). "Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni zinokor ayollarga uylanish) mo’minlarga harom qilingandir”. ("Nur” surasi, 3-oyat).
Uylanmoqchi bo’lgan kishilar eng avval aqlli, pokdomon va dindor ayolni tanlashlari lozim. Chunki soliha va yaxshi amallar qiluvchi ayol dunyoning eng afzal boyliklaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan soliha va go’zal axloqli ayol diniy va dunyoviy ishlarda yordamchi bo’ladi.
Uylanayotgan kishi aslu nasabi oily ayolni ixtiyor qilsin. Chunki asl (ona) farzandni o’z tomoniga tortadi. Molu mulkda, izzatu hurmatda o’zidan pastroq ayolni talab qilsin, chunki bu jihatlarda erkakning ayoldan ustun bo’lishi , uni fitna va malomatlardan saqlaydi. Shuningdek, xarajati va ehtiyoji kam ayolga uylanish kerak. Hadisi sharifda: "Ehtiyoji kam, mahri oz va farzand ko’rishi oson bo’lgan ayol barakotli ayoldir”, deyilgan.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: "Kimki xotinning molu jamoli uchun uylansa, uning molu jamolidan mahrum bo’ladi va kimki ayolning dini uchun uylansa, Alloh taolo u kishiga uning mjlu jamolini ham nasib qiladi”, deb marhamat qilganlar.
Hukamolar aytadilar: uylanuvchining bo’lajak qallig’i o’zidan to’rt jihatda: yoshda, qomatda, boylikda, obro’ va e’tiborda past bo’lishi hamda to’rt jihatda: husnu jamolda, odobda, axloqda va taqvodorlikda ustun bo’lmog’I darkor.
Nikohdan oldin kelin-kuyovning bir bora uchrashishlari sunnatdandir. Uylanayotgan yigit o’zining mahramlari _ onasi, singlisi, amma yoki xolasi orqali kelin bo’lmishning lab-tishlarini, qosh-qovog’ini, ko’z-kipriklarini, sochini, bo’yni-yu tomog’ini, yuzi, poshna va boldirlarini ko’rdirib, hatto hidlatib olsa ham ravo. Toki nikohdan so’ng undan nafratlanmasin.

Yana to'y va Kelinlar haqida.

To’y sirlari.

Qanday qilib chiroyli, rejali va takrorlanmas to’yni tashkil qilish mumkin?
Birinchi navbatda shoshmasdan to’y sirlarini bilib unga amal qilgan holda harakat qilish kerak.

To’y kunini belgilashda to’ylar avjiga chiqqan vaqtdan qochishga harakat qiling. Chunki bu vaqtda hamma narsa (restoran, san’atkorlar, bezatish ustalari, video, foto hizmatlar) qimmat bo’lishidan tashqari sizni to’yingiz kuni ular band bo’lishlari mumkin. FHDYOdan ro’yxatdan o’tishda ham muammolar bo’lmaydi.

To’yni belgilashdan oldin to’y qilmoqchi bo’lgan restoranni kunini bo’shligini biling. To’yga taklif qilmoqchi bo’lgan san’atkorni bo’sh kunini biling.

To’yingiz qaysidur sanada bo’lishini xohlasangiz yoki oldindan hal qilgan bo’lsangiz, o’zingizga yoqqan restoranlar ro’yxatini tuzib chiqing. Ularni birma-bir surishtiring. Sanatkorlar bilan ham xuddi shunday yo’l tuting.

To’yingizni foto va video tasmalarga tushurmoqchi bo’lsangiz, ularni oldindan qilgan ishlarini ko’ring. Video ustalari raqamli kamerada olishadimi, montaj ishlari kelishilgan narxning ichidami, necha nusxada bo’ladi. Raqamli kamerada olishsa yangi tasmaga olishadimi (bir necha bor yozilgan tasmani sifati pasayib ketadi) to’yingiz tushirilgan tasmalar kelishilgan narxning ichidami. Nechta video kamera bo’ladi. Fotosurat oluvchidan nechta rasm oladi, fotoalbom qanaqa bo’ladi, olingan suratlarni CD diskga yozib beradimi, fotoalbomda nechta va qanday o’lchamdagi fotosurat bo’lishini so’rang. Bularni hammasini so’rashingiz kerak.

To’yingizga avtomobil buyurtma qilmoqchimisiz?
Buyurtma qilmoqchi bo’lgan avtomobil modelini aniqlab oling va uni tanlab bir ko’zdan kechirib chiqing. Buyurtma qilmoqchi bo’lgan avtomobilingizni davlat raqamini yozib oling.

Bezatuvchilarni buyurtma qilishdan oldin ularni qilgan ishlarini ko’ring. Ulardan kelin guli kelishilgan narx ichidami, nechi dona gul ishlatishadi, ishlatiladigan gullar yangi uzilgan bo’ladimi, bularni so’rab oling.

To’rtni buyurtma qilishdan oldin iloji bo’lsa mazasini tatib ko’ring, ishlatiladigan mahsulotlar sifatli bo’lishi kerakligini ayting. To’rt kishi boshiga taxminan 200-250 gr. bo’lishi kerak.

To’yingiz qachon va qayerda bo’lishidan qat’iy nazar siz xohlagandek mehmonlarni xavasi keladigan to’y bo’lishini tilaymiz.

| Mehmon.Uz uchun X-MEN mahsus tayyorladi |

Категория: Qiziqarli | Просмотров: 3080 | Добавил: X-MEN | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 3
Рейтинг: 0
Имя: unknown
Написал: | Дата: 12.07.2010, 14:29 


Kelinni tanlash haqida ma'lumot berilibdiku, Kuyov haqida-chi?
0  
3
Рейтинг: 0
Имя: Egamberdi
Написал: Qorbobo_Egamigo | Дата: 21.12.2009, 12:27 


Rahmad Zo'r, endi to'yimni qachon qilsam ekan...... Hotinimdan so'ray qolaman,
0  
2
Рейтинг: 0
Имя: ????
Написал: _MariyaAntuanetta_ | Дата: 20.12.2009, 17:51 


malumotlar uchun rahmat
0  
1
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • GEGAsoft | Все права защищены! © 2009