Меню сайта
Категории раздела
Qiziqarli [33]
Futbol Yangiliklari [11]
Shou- Biznes [19]
Tanishuvlar [1]
Foto prikol [1]
Sms Sherlar , Xazillar [2]
Eng yangi MP3 [1]
Talab va takliflar [1]
Мини-чат
Статистика
Главная » 2009 » Dekabr » 21 » Kuyov tanlash
00:10
Kuyov tanlash
Kuyov tanlash
Ayollar ham o’zlariga munosib dindor, taqvodor, xushaxloq, juvonmard, shijoatli va saxiy kuyovni ixtiyor etsinlar, zinhor fosiq va badkirdor kishiga turmushga chiqmasinlar. Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam: ”Qaysi bir ayol fosiq odamga turmushga chiqishga rozi bo’lsa, qiyomat kuni qabridan peshonasiga "Allohning rahmatidan noumid” deb yozilgan holda turgiziladi. Ogoh bo’linglarki, mening shafoatimni xohlagan ayol fosiq kishini er qilmasin”, deb marhamat qilganlar.
Binobarin, erkaklar o’z mukarrama va muaddaba (odobli) qizlarini fosiq va badnamo (turqi sovuq), e’tiqodi zaif, kelinning haq-huquqlarini ado etolmaydigan nasab jihatidan o’zlariga barobar bo’lmagan yigitlarga uzatmasinlar. Qizlarning haqqini saqlab, ularni muvofiq joylarga uzatmoq o’ta muhim ishdir.
Hadisi sharifda bunday deyiladi: " O’z izzatli va odobli qizini fosiq kishiga uzatgan kimsaning ustiga har kuni ming la’nat tushadi, qilgan amali osmonga chiqmaydi, duosi mustajob bo’lmaydi va uning uchun sarf va adl qabul bo’lmaydi”.
Shuningdek, kishi o’zining yosh qizini katta yoshli, qabih va xunuk kishiga bermasin, chunki bundan fitna sodir bo’lishi mumkin.
Qizning o’ziga mos kuyovdan sovchi kelsa, valiy (qiz egasi) paysalga solmasin. Zero,badavlat yo mansabdor kuyov kutish yoki boshqa ta’xir sababidan fitna va fasodga duchor bo’lishi mumkin. Hadisi sharifda: "Uch narsa: namoz vaqti kirganda, janoza hozir bo’lganda va qiz bolani o’ziga munosib kuyov talab qilganda kechiktirilmaydi”, deb marhamat qilganlar.
Ushbu ma’lumot Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda Fazluddin
Iqroruddin Hoji o’g’lining "Nikoh va oila risolasi” kitobidan olingan. 
703.ucoz.ru uchun mahsus X-MEN tayyorladi.
Категория: Qiziqarli | Просмотров: 1452 | Добавил: X-MEN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • GEGAsoft | Все права защищены! © 2009