Меню сайта
Категории раздела
Qiziqarli [33]
Futbol Yangiliklari [11]
Shou- Biznes [19]
Tanishuvlar [1]
Foto prikol [1]
Sms Sherlar , Xazillar [2]
Eng yangi MP3 [1]
Talab va takliflar [1]
Мини-чат
Статистика
Главная » 2009 » Dekabr » 22 » "Go'zalik ma'budasi bo'lishni istaysizmi ?"
09:08
"Go'zalik ma'budasi bo'lishni istaysizmi ?"
 
"Go'zalik ma'budasi bo'lishni istaysizmi ?"



Dunyoda o‘zini go‘zallik ma’budasi darajasida ko‘rishni xohlamaydigan ayol bo‘lmasa kerak. Lekin bu oson ish emas. Umuman, biz bu orzudan sizni mosuvo etishni ham istamaymiz. Quyidagi test yordamida buyuk orzuingizga erishishingiz uchun qancha imkoniyatingiz borligini birgalikda sinab ko‘rmoqchimiz, xolos.
1. Siz samolyotga kechikayapsiz. Aksiga olgandek, chiptalar sotiladigan joyda navbatning oxiri ko‘rinmaydi. Qanday yo‘l tutasiz?

A) Aeroport xodimini topib muammongizni hal etib berishini so‘raysiz. (2 ball)
"Men kechikayapman!” deya baqirgancha navbatni yorib o‘tasiz. (1 ball)
V) Umid bilan siz ham navbatga turasiz. (0 ball)
2. Kimgadir va’da berasiz-u, kutilmaganda rejangizni o‘zgartirasizmi?

A) Ha, siz ko‘pincha shunday qilib turasiz. Aslida hammasi kayfiyatingizga bog‘liq. (2 ball)
Gohida bo‘lib turadi. Lekin o‘zingiz va’da berib ishontirgan odamdan kechirim so‘raysiz. (1 ball)
V) Yo‘q, agar va’da bersangiz, albatta, ustidan chiqasiz. (0 ball)
3. Sizni yoqtiradigan odam restoranga taklif etib, o‘zingizga yoqadigan joyni tanlashni taklif etdi. Qanday yo‘l tutasiz?

A) Siz tanlaydigan restoran yuqori sifatga ega va narxlar arzon bo‘lishi lozim. (1 ball)
Erkak avvaldan sizni baholay olishi kerak. Shuning uchun o‘rtamiyona joylarni ko‘zlamasligi shart. (2 ball)
V) Hammasini erkakning o‘ziga havola qilasiz. Mayli, qahvaxonaga olib borsa ham rozisiz. (0 ball)
4. Uy yumushlari va ovqat tayyorlash bilan tez-tez shug‘ullanib turasizmi?

A) Ba’zan. Bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa. (2 ball)
Doimo. (0 ball)
V) Deyarli hamisha. (1 ball)
5. To‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilasizmi?

A) Ovqatni tanlab yeysiz. Biroq ko‘pincha, agar zaharlanish xavfi bo‘lmasa, duch kelgan ov-qatni duch kelgan joyda tanovul qilib ketaverasiz. (1 ball)
Siz vazningizni va teringizni doimo nazorat qilib borasiz. Shuning uchun ham iloji boricha yog‘siz, go‘shtsiz, vitaminlarga boy ovqatlarni yeyishga intilasiz. (2 ball)
V) Qorningiz och bo‘lsa, duch kelgan ovqatni yeb tashlay olasiz. (0 ball)

6. Qanday erkak sizning e’tiboringizni torta oladi?
A) U kelishgan, aqlli, siz uchun hamma narsaga tayyor bo‘lishi lozim. (2 ball)
U sizni xohlagan vaqtingizda kuldira oladigan qiziqchi bo‘lishi kerak. (1 ball)
V) U oddiy, yaxshi yigit bo‘lsa bas. (0 ball)
NATIJALAR:
4 va undan kam ball:
Siz o‘zingizga erkaklar e’tiborini tortishga odatlanmagansiz. Boshqalar kabi injiq emassiz. Hayotingiz o‘rtacha o‘tsa, qanoat hosil qilasiz. O‘zingizni boshqalardan hech qachon yuqori qo‘ya olmaysiz. Shuning uchun ham siz bilan yashagan erkak qiynalmasdan, zavqlanib yashaydi. Lekin baribir ehtiyot bo‘ling. Ayol o‘zini bu darajada past baholasa, bir kun kelib oyoqosti bo‘lib qolishi ham hech gap emas.

5-8 ball:
Bolalikdan ayol bu dunyoda o‘z o‘rnini yaxshi bilishi kerakligini o‘zlashtirgansiz. Xohlagan vaqtingizda janjal ko‘tarib, fe’lingizni namoyish eta olasiz. Ammo baribir ayolning ojiz taraflari borligini erkaklar juda yaxshi bilishadi. Shunday paytlar bo‘ladiki, yig‘laysiz, turmush o‘rtog‘ingizga haddan ziyod mehr ko‘rsata olasiz. Sizni hurmat qilmaslikning imkoni yo‘q. Go‘zallik ma’budasiga aylanish iloji borligini bilasiz-u, afsuski, undan-da olisroq manzillarni, yuqoriroq martabalarni ko‘zlab yashaysiz.
9 va undan yuqori ball:
Siz go‘zallik ma’budasi, qirolichasiz. Qaysi erkak bunga shubha qilsa, hayotingizdan itqitib tashlaysiz. Siz o‘zingizni juda-juda yuqori baholaysiz. Erkak sizni gullarga ko‘mib tashlashi, ilojini topsa, osmondagi oyni olib berishi kerak. Shundagina atigi barmoqlaringizdan bo‘sa olishiga ruxsat berasiz. Hisoblaysizki, sizdaylar kamdan-kam hollarda dunyoga keladi. Sizdan nima bilan ko‘proq mashg‘ul ekaningiz haqida so‘rashsa, u odamga hayron bo‘lib tikilib qo‘yasiz. Negaki, siz asosan o‘zingizga oro berishdan bo‘shamaysiz. Bu mashg‘ulotga ko‘plab vaqtingizni sarf etasiz.
703.ucoz.ru uchun mahsus Gabriella tayyorladi.
Категория: Qiziqarli | Просмотров: 1533 | Добавил: Gabriela | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • GEGAsoft | Все права защищены! © 2009