Меню сайта
Категории раздела
Qiziqarli [33]
Futbol Yangiliklari [11]
Shou- Biznes [19]
Tanishuvlar [1]
Foto prikol [1]
Sms Sherlar , Xazillar [2]
Eng yangi MP3 [1]
Talab va takliflar [1]
Мини-чат
Статистика
Главная » 2009 » Dekabr » 23 » "Lola Qizg'aldoq va Yetim Dunyo"
10:23
"Lola Qizg'aldoq va Yetim Dunyo"
"Lola Qizg'aldoq"
 
She'r ni mp3 sini ko'chirib oling. Bu she'r hayotni 
sizga taqdim etadi.
"Lola qizg'aldoq"
Mendan nima qolar ikki misra she'r
Ikki sandiq kitob bir uyim tuproq
Odamlar ortimdan nima desa der
Men seni o'ylayman o'zimdan ko'proq
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Men ketgach yomondan yiroq bo'l ohu
Chunki sen chiroyli ko'rkli bir juvon
Yomon kunlar bir kun yaxshi bo'lar u
Yomon odam yaxshi bo'lmas xech qachon
Yasha chegarada turganday ogoh
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Uyda yotib manu sezib turibman
Ko'kda ketayotur qushlar qaytishib
Hayrlar yog'dirib qanotlaridan 
Hasta shoiriga vido aytishib
Bor men uchun ham ularga qo'l qoq
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Ularni men yana ko'ramanmi a
Ayvondan odamdek kuzatolmadim
Kuz to'ylar boshlandi yuragim pora
Bitta qizimni ham uzatolmadim
Demak - demak taqdir ekan to'y ko'rmay o'lmoq
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Biroq ko'nglim sezar mendan keyin ham
Bir kun bu hovliga odam to'ladi
Halli to'ylar qilib charchaysan erkam
Mening qizlarim eng bahtli bo'ladi
Kelinlar ko'ylagi ruhimday oppoq
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
O'g'lim - o'g'lim yaqinroq kel qara ne savdo
Bu ajib ishlarni dil lavhaga yoz
Kimga qasr yetmas kimga mol dunyo
Menga esa havo yetmaydi holos
Tiriklar mudroqda o'liklar uyg'oq 
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Ko'ksim kuyib borar ko'krak yonmoqda
Ayting - ayting do'htirlarga yorsa yorishsin
Jismim o'z ulfatti jondan tonmoqda 
Be chora jon endi qayerga borsin
Endi osmon yiroq endi yer yumshoq
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Buni hayot derlar unutma aslo
Bir kun ochilasan bir kun so'nasan
Qalbimdaku faqat sen eding tanho
Qabrim ustida ham o'zin bo'lasan
 Sen bizni sevgidan hotira bayroq
Lola lolajonim lola qizg'aldoq.
Mendan nima qolar ikki misra she'r ....
"Yetim Dunyo"
Omonat dunyoda xor bo'lib o'tsam
Chin do'st diydoriga zor bo'lib o'tsam,
Besh kunlik umrimni yasholmay o'tsam
O'lsam yeg'lamaydi bu yetim dunyo.
Daryo irmoqlari sel bo'lar bir kun
Dilni titroqlari she'r bo'lar bir kun,
Mening barmoqlarim yer bo'lar bir kun
O'lsam yeg'lamaydi bu yetim dunyo.
Qadrimga yeg'laydi qadrim bilganlar
Dardimga yeg'laydi dardim bilganlar,
Yolg'ondan yeg'laydi yolg'on suyganlar
O'lsam yeg'lamaydi bu yetim dunyo.
Farzandlarim dod deb dilhum yeg'laydi
Otam qoshimda tik beun yeg'laydi
Suymagan suyganim bir kun yeg'laydi
O'lsam yeg'lamaydi bu yetim dunyo.
(Shoir Andijon o'g'loni rahmatli Muhammad Yusuf)
Категория: Sms Sherlar , Xazillar | Просмотров: 2855 | Добавил: Qorbobo_Egamigo | Рейтинг: 2.3/6
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • GEGAsoft | Все права защищены! © 2009